четверг, 25 сентября 2014 г.

O'zbekiston marvaridi MARG'ILON!!!

    Vatan tushunchasi, unga bo'lgan muhabbat va intilish insonning qon-qoniga singib ketgan ekan. Vatan so'zining yahlit ma'nosi, qiyosi yo'q. Uyimiz, oilamiz, shahrimiz hammasi bir butinlikda Vatan tushinchasini tashkil etadi. Uning bag'rida unga nisbatan  muhabbatingizni his qila olmassiz, ammo undan yiroqda 3 kundan ortiq so'ginmay yashay olasizmi? Hoh u Parij, hoh u Amerika bo'lsin, qalb jonajon maskaniga, kindik qoni to'kilgan yerga talpinaveradi.



Bu gaplar sizga balandparvozdek tuyilishi ham mumkin, ammo ona shahrimdan yiroqqa, poytahtga kelganimda  tez fursatda ona shahrimni sog'inib qolganimdayoq bu sog'inch haqiqat ekanligini tushingandim. Hattoki umuman chiroq o'chmaydigan :-) Toshkent, uningning go'zal ko'chalari, istirohat bog'lari, samimiy insonlari bu sog'inchni bosa olmagan.


Ona shahrim Marg'ilon! Insonlari mehmondo'st, hunarmand va shinavanda maskan!  Marg'ilonimning qalbida iymoni jo'sh urib turivchi xalqini, hayosi yuzida barq urib turguvgi suluvlarni, bir so'zli, 40 hunarning egasi mard  yigitlarni sevmay, ardoqlamay bo'larkanmi? Abdulla Qodiriy ham o'zbek adabiyoti siymosi bo'lmish  "O'tgan kunlar" romanini yozayotganida Kumushbibini aynan Marg'ilonlik qilib tasvirlagani bejiz emasda.


Shahrimga bir-bora tashrif buyirmasdan turib, uning atlas-u adraslari haqida eshitmagan inson, bu go'zal matolardan libos kiyib, yal-yal tovlanmagan o'zbek qizi, ayoli bo'lmasa kerak. Urf-odatlar qanchalik o'zgarmasin, har bir o'zbek kelini sarposida ona shahrimning betakror matolari albatta bo'ladi.


Bu matoning bu qadar rang-barang bo'lishiga ona shahrim hunarmandlarining ochiqko'nglilligi, ko'zni olib tovlanishiga esa ularning pokiza iymonga to'la qalbi sabab bo'lgan bo'lsa ne ajab? Bundayin betakror matoning dunyoning boshqa hech bir joyidan topib bo'lmaydi. Huddi Samarqand nonini boshqa shaharda yopib bo'lmaganidek.
Bundayin samimiy insonlar orasida, tinch Vatanda go'zal Marg'ilonda dunyoga kelganim uchun Allohga shukrona aytaman!













Mohinur!


Комментариев нет:

Отправить комментарий