среда, 24 сентября 2014 г.

Internet dengizidan bir tomchi!!!

     Assalomu alaykum. Nima haqida yozsam ekan deb uzoq o'ylandim va kimgadur foydasi tegib qolar deya, o'zim uchun eng sevimli saytlardan biri haqida ma'lumot berishga qaror qildim.
Barchamizga ma'lumki, hozirgi kunda chet tilini o'rganish davr talabiga aylandi va 4-5 tilda bemalol suxbatlashadigan insonlar bizni hayratga solmay qo'ydi. Hozirgi kunda aqlli, yurt kelajagi bo'lgan yoshlar haqida tasavvur qilganimizda avvalambor  kamida 2 ta tilda erkin suxbat qura oladigan yoshlar ko'z oldimizga keladi. Har yerda til markazlari, repitiorlar va yana ingliz tilida aytganda "Speaking club" larning ko'payayotgani quvonarli hol. Ammo tilni qanchalik ko'p o'rganmang, uni amaliyotga tadbiq eta olmasangiz, ular miyangizda qolib ketadi va oxir oqibat unit bo'ladi. Shunday ekan har javhada, har yerda uyingizdami, ish yoki o'qish joyingizdami o'rganayotgan tilingizdan nutqingizda foydalana biling. Ammo atrofimizda bu tilda suhbatlashadigan insonlar kam bo'lsa yoki umuman bo'lmasachi? Juda ko'p insonlar bu savolga darrov "Internet bor-ku!" deya javob berishlari tayin. Ha, juda to'gri! Internetdan foydalanadiganlar uchun, bu juda yahshi imkoniyat. Ayniqsa tun-u kun vaqtinni keraksiz saytlarda o'tkazadiganlar uchun. Har narsani yahshi va yomon tarafi bo'lganidek, internetdan ham maqsadlarimiz yo'lida juda yahshi foydalansak bo'ladi. Buning uchun avvalambor hohish va ozgina hafsala bo'lsa bo'lgani. Chet tilini o'rganish va suhbatlashish mimkin bo'lgan saytlar internetda millionlab topiladi. Hozir esa ana su dengizning bir tomchisi bo'lgan seviml saytim haqida ma'lumot beraman.
          Bu sayt nomi WWW.INTERPALS.NET bo'lib, bu sayt asosan til o'rganishga yo'naltirilgan. Siz dunyoning qaysi tilini o'rganayotganingizdan qat'iy nazar, o'zingizga suhbatdosh topa olasiz! Saytning boshqa ayrim ijtimoiy tarmoqlar (Odnoklassniki.ru. Facebook.com, VKontakte.ru, Mail.ru) kabilardan avzallik tomoni shundaki, bu saytda foydalanuvchilar asosan til o'rganish va bilgan tillarini o'rgatish maqsadida kirishadi. (tanishish uchun emas :-) )








       Quvonarli jihati bu sayt foydalanuvchilari juda ko'p, istagan vaqtingizda bu saytga kirganingizda kamida 10 000 foydalanuvchi siz bilan suhbatlashish uchun shay turadi. Ular sizga hech qachon xat yozganingizda "KIMSIZ?" "NIMA ISTAYSIZ" degan savollar berib o'tirmaydi, shunchaki siz bilan siz istagan tilda suxbatga kirishadilar! Agar siz ham qiziqishni boshlasangiz tezda kiring va ro'yhatdan o'ting! Ro'yhatdan o'tish ham juda oson! Faqat anketani to'ldirayotganingizda e'tibor bilan yozing, biladigan tilingiz, o'rganmoqchi bo'lgan tilingiz haqida! Shunda siz mukammal biladigan tilni o'rganmoqchi bo'lganlar, sizga murojaat etishadi.


      Shahsan men anketani to'ldirayotganimda, o'zim biladigan mukkammal til sizfatida ona tilimiz "O'zbek tili"ni  kiritgandim va hech qancha o'tmay bizni tilimizga qiziqadigan, o'rganadiganlar ham topila qoldi :-)   Avvaliga bir Avg'onistonlik qizning, keyin Turkiyalik, Azarbayjonlik yigitlarning bu tilga qiziqishlarini ko'rib quvonib kettim. Ayniqsa ularning o'zbek tilida qiynalib yozgan xatlarini ko'rib, :-) qay ahvolga tushganimni tasvirlab bera olmasam kerak. Shundagina biz ham chet tilida xato bilan yozgan xatimiz shu til ona tili bo'lgan insonlar uchun kulgili ko'rinishini anglab yetdim va chet tilidagi suxbatlarimda imloviy va grammatik xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qila boshladim.


Yahshi suhbatdosh bo'lsangiz bo'lgani, ularning o'zlari sizni qidirb topishadi va sizga yahshi do'stga aylanishadi! Dunyoning har chetida ko'plab do'stlarning borligi qanday yahshi! Maqtanish emas, lekin bu saytga 1 yildan beri kirayotgan bo'lsam, hozirda mening Turkiya, Malayziya, Germaniya, Xitoy, Italiya, Arabiston, Amerika, Fransiya, Korea, Yaponiya va hattoki Afrika qit'asida yashaydigan qadrdon do'stlarim bor.  Ularning millati, yoshi, kasbini inobatga olsak, har biri o'zgacha olam, o'zgacha fikr egasi. Har biridan nimanidir o'rganish mumkin!
Bu sayt ham sizning sevimli saytlaringiz orasiga kirishiga va o'zingiz uchun qadrdon do'stlar topa olishingizga ishonaman. Til o'rganishdagi mashaqqatli yo'lingizda omad va sabr tilab qolaman! 


Aytgandaym agar saytga kirib, ro'yhatdan o'tgan bo'lsangiz meni ham suhbatdoshlaringiz qatoriga qo'shib qo'yishni unitmang! :-) 

Mohinur!     






















Комментариев нет:

Отправить комментарий