вторник, 23 сентября 2014 г.

Sog'inishni sog'inib ketdim.....

Sog'inch.... Bir qarashda faqat azob keltiradigan tuyg'u. Uni his qilib yashaganingizda go'yoki bu dunyo sizga tordek, sog'inganingizsiz olgan nafasingiz ham dushvordek tuyilaveradi. Yo'q-yo'q, tezda hayolingizni sevgi shamoli ila uchirmang, sog'inch faqat sevgida bo'lmaydiku! Sog'inib kettim.... Kimni deysizmi? Sog'inishni! Sog'inib yashashni sog'inib ketdim. Aslida bu tuyg'u jo'sh urgan qalblar egalari eng bahtli insonlardir. Chunki ularda UMID bor, chunki ularda SABR bor, chunki ularda ORZU va INTILISH bor!
Shu go'zal hislarning ba'ri kimlardur be'zor bo'lib ketgan SOG'INCHda mujassam. Kimnidir yoki nimanidir sog'inish, "U" ni barcha narsadan ustin bilib, unga talpinib yashash, duo qilayotganingizda avvalambor "U" ni so'rash, ba'zan yuraklarni o'rtab yuborganda ko'z yosh to'kib olish - axir bu BAHTKU!!!
Sog'inishdan, qiynalishdan emas, balki sog'inmay qo'yishdan qo'rqing!Sog'inchsiz qay bir tuyg'u mukammal bo'libdi? Muhabbatmi? Sevgimi? Uyingizdan bir bora yiroqda yashamay turib, uni SOG'INMAY turib, qanday qilib uni yahshi ko'raman deysiz? Doim yoningizda yurgan insonni bir ongina ko'rmay qolib, sog'inib qolmaguningizcha unga bo'lgan mehringizni qanday anglaysiz? Barcha tuyg'uning ibtidosi sog'inch desam adashmasam kerak, ammo intihosi bo'lmasin hech qachon. Har bir sog'ingan qalbga sog'intirgani bilan diydor nasib etsin. Endi sog'inganingiz uchun o'zingizni koyishni bas qiling! Siz bahtlisiz, qalbingizda go'zal tuyg'u jo'sh urmoqda. Men esa sog'inishni sog'inib ketdim.....
                                                                                                                                                                                                                                                                                                              Mohinur

Комментариев нет:

Отправить комментарий