пятница, 20 марта 2015 г.

Dam shu damdir, o'zga damni dam dema...(Yohud bugun bilan yashashni o'rganamiz)

                                                                                                               1.O'zingizni kechira oling.

Bu dunyoda begunoh insonni o'zi bo'lmaydi. Har bir inson hato qilishi mumkin. Kattami-kichikmi o'tmishda qilgan ayblaringizni kechiring. O'zgalarga, ularning gaplariga e'tibor bermang. Yaqinlaringiz ham sizning ayblaringizni vaqti kelib unitib yuborishadi ammo siz o'z-o'zingizni kechira olmas ekansiz, ular qalbingizda zardobdek to'planadi va bugungi hursandchiliklaringizni ham kemtik qiladi. Agar qo'lingizdan kelmasa, vijdon azobi qalbingizni tirnayversa, qo'lingizdan kelgancha yahshilik qiling. Ijobiy narslar tarozida doim og'irroq   keladi. Qalbingiz ham ancha yengil tortadi.



2. Qanchalar shirin bo'lmasin, bari o'tib ketdi.

O'tmishingizdagi shirin va unitilmas damlaringiz allaqachon o'tib ketdi. Shirin hotiralar inson uchun kerak, ammo ular hayotingiz mazmuniga aylanib qolishiga yo'l qo'ymang. Ular allaqachon tarixga aylandi. Qanchalar tirishmang, u damlarni bir soniyasini ham qaytarib bo'lmaydi.

3. O'tmishingiz va buguningizni taqqoslashni bas qiling!
O'tmishingizda topganlaringiz va bugungi kuningizda yo'qotganlaringizni taqqoslayvermang. Hayot yo'qotishlarsiz bo'lmaydi. Allohning har ishida hayr borligini unitib qo'ymang. Kecha siz yo'qotganlaringiz o'rniga bugun undanda  yahshirog'i berilishi mumkinligiga ishoning.

4. Kelajak hali afsona!

Kelajak haqida tinimsiz hayollar surishdan o'zingizni tiya biling. Hali uning zarrasi ham yo'q. Uning kelishi yoki
sizning unga yetib borishingiz dargumon. Kim sizga kelajakni vada qila oladi? Vaqtingizni kelishi gumon bo'lgan narsa uchun sarflab, buguningizni ma'nosiz o'tgan o'tmishga aylantirmang. Ulkan orzular qiling va ularning ro'yobi uchun bugun qattiqroq ishlang.

5. Taqdiringiz qo'lidan tuting.

Agar sen taqdiring qo'lidan tutsang, u seni yetaklaydi,
Agar qarshilik qilsang, u seni sudrab ketadi!

Hech o'ylab ko'rganmisiz nega insonni eng bahtli damlari aynan bolalik bilan bog'liq? Buning sababi juda oddiy!Bolalar kimdandur ranjisa, shu onni o'zidayoq unutib yuborishadi. Bolalar o'tmish xotiralari yoki kelajak hayollaridan ko'ra, vaqtini chog' o'tkazishga harakat qilishadi! Bolalar tashqi ko'rinishidan qoniqmagani uchun, oyna oldida soatlab aza tutishmaydi. Bolalar sevimli mashg'ulotini bajarish uchun har qanday holatda ham imkon topishadi. Bolalar "Buning iloji yo'q"-degan iborani tushinishmaydi. Bolalar tez-tez yig'lashadi. Eng asosiysi esa, ular mo'jizalarga ishonishadi!
Ammo negadur inson ulga'yib aqli rivojlangani sayin, o'zini bahtsiz qiladigan ahmoqliklar qila boshlaydi. Qanday deysizmi? Yuqoridagilarni barchasini aksini! Ranjitgan insonlarga nisbatan eng zaharli tuyg'u-ginani yillab
 qalblarida asrab-avaylashadi! Umrlarining juda ko'p qismini allaqachon tarixga aylangan o'tmish yoki hali kelib ulgurmagan kelajak uchun sarflashadi! Tashqi ko'rinishidan doim ayb topaverib, o'zlarini sevishni unutishadi! 
Umr atigi bir marta berilishini bilishsada, o'zlari uchun deyarli vaqt ajratishmaydi. O'z hohish-istaklariga qarshi chiqishadi. O'zgalar fikriga quloq solib, qayta tiklanmaydigan asab tolalarini nobud qilishadi. Siqligan paytlarda yig'lab ko'ngilni bo'shatishmaydi yoki yig'lashni bilishmaydi. Shu vaqtga qadar ularni siylab kelgan taqdirlarining ular uchun juda ko'p mo'jiza va in'onmlar tayyorlab qo'yganiga ishonishmaydi. Qarang, shuncha nuqsoni bor inson qanday bahtni his qila olsin? Biz ko'p hollarda fikrlarini inobatga olmaydigan bolalardan shuncha narsani o'rganish mumkun ekan.


6.O'limingizni shoshiltirmang!

Tug'ilmoq o'limga qo'yilgan ilk qadamdir ( Gyote)
Qanchalik sovuq eshitilmasin, bu haqiqat! Ba'zan tinmay shoshib ketayotgan odamlarni ko'rib o'ylab qolaman. Bir oy yoki bir yildan keyin bo'ladigan bayram yoki to'yni kelishini intizor kutib, tezroq vaqt o'ta qolsaydi deguvchilarni-chi? Ularni qanday tushinish mumkin? To'xtang! Qayerga bunchalik shoshayapsiz?! Siz qancha harakat qilmang, bari o'z o'rnida, o'z fursatida yuz beradi. Tabiat qonuni shunday. Siz tezroq o'tib ketishi istayotgan yil tugul bir soniya ham sizni o'lim sari yetaklab boradi. Nahot ibtidoingizni bila turib, intihoingizni anglamasangiz?

             


7. Bahtga bugunoq erishing!

Bugung ishni ertaga qo'yma! Bu iborani juda ko'p eshitamiz, to'g'riligini bilamiz ammo bajarishga kelganda... Bahtli bo'lmoqchimisiz? Bugunoq harakatingizni boshlang. Kimnidur holidan xabar olmoqchimisiz, hozir hol so'rang. Kim biladi keyin imkon bo'ladimi, axir hamma bir-biriga omonat. Kimdandur uzr so'ramoqchimisiz? Bir soniya ham kechiktirmang, qalbingizni aybdorlik hissidan hoziroq halos eting. Yangi g'oyalarni amalga oshirmoqchimisiz, unda nimani kutayapsiz. Hoziroq ishga kirishing. Vaqtingiz yo'qmi, toping! Balki ertaga ham, idinga ham vaqtingiz bo'lmas. Erta o'z yumushlari, o'z tashvishlari bilan kelishini unutmang.

8. Bugunning keraksiz ma'lumotlarini ertangi kunga olib o'tmang!

Inson ulg'aygani sari, uning miyasida turli keraksiz g'oyalar to'planaveradi. Nega yosh bolalarning xotirasi yahshi degan savolning javobi shu. Inson boshidan o'tganlarini tez-tez xotirlashi oqibatida, ular miyadan o'chib ketmaydi va yangi ma'lumotlarni aniq tarzda saqlanib qolishiga to'sqinlik qiladi. Bu esa ilm olishga halaqit beradi. Ilmsiz odam esa mukammallikka erisha olmaydi.


9. O'z oldingizga maqsad qo'ying.



Bu dunyoda maqsadsiz, o'z fikriga ega bo'lamagan insondan havfliroq inson yo'q. Chunki ular go'vakka o'xshashadi.Kim qanday fikr bilan bu govakni to'ldirsa, unga qarab ergashib ketaverishadi. Agar hayot yo'lini zinapoyaga o'xshatsak, eng yuqoriga oliy maqsadingizni qo'ying va kun sari maqsadingiz sari intilavering.Uzoq va mashaqqatli yuksalishingizda sizga tolmaydigan iroda, sog'lik va hotirjamlik berilgani uchun yurakdan shukrona ayting!







10. Kun o'tsa kuningdan, sen uni yod etma, 
      Xam kelmagan ul ertaga faryod etma,
      Bu kelmagan-o'tgan bila bunyod etma,
      Xo'p xayr degil, umrni barbod etma!
                                                                               (Umar Xayyom)


Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki, men ham hamma qatori bahtli bo'lishni istayman va buning uchun o'zimga ustoz bilgan donishmandlar bisotidan foydalanib kelyapman. Bular mening kundaligimdagi oltin qoidalarim,  shularning  hech bo'lmasa bittasi sizga asqotsa, men ko'zlagan maqsadimga erishdim!



Комментариев нет:

Отправить комментарий